Isroil G‘azoga uyushtirgan hujumlari bilan o‘z iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi

Olam

image

G‘azo sektorida genotsid uyushtirishda ayblangan Isroilning ommaviy hujumlari yettinchi oydirki davom etmoqda. Bu hujumlar Isroil iqtisodiyotiga ham jiddiy zarba berdi. Bu haqda Isroil Markaziy banki ma’lum qildi.

Regulyatorning so‘nggi hisobotida Falastin anklaviga qilingan hujumlar Isroilga taxminan 245 milliard shekel (67 milliard dollar)ga tushgani ko‘rsatilgani, bu mamlakat tarixidagi urush uchun eng yuqori narx hisoblanadi.

Bundan tashqari, Fitch Credit Rating xalqaro reyting agentligi tomonidan 31 mart kuni e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, bu raqam Livandagi “Hizbulloh” harakati bilan Isroilning shimoliy chegaralari yaqinida yuzaga kelgan keskinlik tufayli yetkazilgan zararni o‘z ichiga olmaydi. Shimoldagi keskinlikning kuchayishi bu raqamni ikki baravar oshirishi kutilmoqda.

Iqtisodiyotga armiyaning zahiradagi askarlarni chaqirish qarori ham zarar yetkazdi, bu esa ishchi kuchining yo‘qolishiga olib keldi.

“Yediot Ahronot” gazetasining yozishicha, noyabrdan yanvargacha bo‘lgan davrda rezervdagilarni harbiy xizmatga chaqirish avjida bo‘lganida, bu hukumatga kuniga taxminan 600 million shekelga tushgan.

Isroilning i24 saytida o‘tgan hafta e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, G‘azo sektori bilan chegaraga yaqin Isroil aholi punktlari mulkiga yetkazilgan zarar 15-20 milliard shekel (4,1-5,5 milliard dollar)ga baholanmoqda. “Hizbulloh” bilan ziddiyat tufayli shimoliy aholi punktlarida qayd etilgan zarar esa 5-7 milliard shekel (1,5-1,9 milliard dollar)ga baholanmoqda.

G‘azoga qilingan hujumlar mehnat bozoriga ham katta zarba berdi. Isroil 178 mingdan ortiq falastinlik ishchisini yo‘qotdi, ularning aksariyati qurilish, turizm, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kabi iqtisodiy jihatdan muhim sohalarda ishlagan.

Yanvar oyida Isroil pudratchilar va quruvchilar assotsiatsiyasi xorijlik ishchilarni izlash sekinlashgani sababli qurilish sanoati 140 ming kishilik ishchi kuchi yetishmasligi haqida xabar berdi. Assotsiatsiyaning ta’kidlashicha, mamlakatdagi qurilish ob’ektlarining 50 foizi ishchi kuchining jiddiy taqchilligi tufayli yopilgan, mavjudlari esa 30 foiz quvvat bilan ishlamoqda.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing