Isroil G‘azoga dori-darmon jo‘natadi
Olam
−
13 yanvar
3565Isroil hukumati Qatar vositachiligida G‘azo sektorida garovga olinganlar uchun dori-darmon yetkazib berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning axborot xizmati ma’lum qildi.
"Bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligida Mossad rahbari Devid Barnea Qatar bilan birgalikda G‘azoda HAMAS tashkiloti tomonidan garovga olinganlarni dori vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rdi. Bu Isroilning sektorga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordamining bir qismi bo‘ladi", deyiladi hisobotda.
Dori-darmonlar yaqin kunlarda anklavga jo‘natilishi qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Isroil Falastin anklaviga suv, dori-darmon, yegulik kabi gumanitar yordamlar yo‘lini yopib qo‘ygani sabab G‘azo sektori aholisining ko‘pchiligi ochlik va xastalikdan aziyat chekib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Isroil 2023 yilning 28 oktyabrida ham G‘azoga gumanitar yordam kiritilishiga ruxsat bergan edi.
LiveBarchasi