Isroil bugundan G‘azoga gumanitar yordam kiritilishiga ruxsat beradi
Olam
−
28 Oktabr 2023
7545Bugun, 28 oktyabrdan Isroil G‘azo sektori janubiga dori-darmon, oziq-ovqat va ichimlik suvi olib ketayotgan yuk mashinalariga ruxsat beradi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Xagariy brifingda ma’lum qildi.
“Isroil shanba kuni oziq-ovqat, suv va dori-darmon bo‘lgan yuk mashinalarining G‘azo sektoriga yetib kelishiga ruxsat beradi”, deydi Xagariy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 ta yuk mashinasiga suv, yoqilg‘i va oziq-ovqat olib o‘tishiga ruxsat berilishi kutilyapti, ayni paytda ular tekshirilmoqda.
Xagariy Isroil harbiylarining G‘azo sektori shimolidagi aholisini gumanitar yordam olish imkoniyati mavjud bo‘lgan anklavning janubiy qismiga ko‘chib o‘tishga chaqirishini yana bir bor ta’kidlagan.
"Bu yerga (G‘azo sektorining janubida –tahr.) ko‘chib o‘tganlar oziq-ovqat, suv va dori-darmonlarga ega bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va Misr o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, G‘azo sektoriga gumanitar yuk yuklangan yana ikki karvon yetib borgandi.
LiveBarchasi