Isroil G‘azoga 15 falastinlikning jasadini qaytardi
Olam
−
07 noyabr 2025 1324 1 daqiqa
Isroil tomoni yana 15 nafar falastinlikning jasadini qaytarib, Xon-Yunisdagi Nosir shifoxonasiga topshirdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, tomonlar bir-birini sulh shartlarini buzganlikda ayblayotganiga qaramay, jasadlar almashinuvi davom etmoqda.
Falastinliklarning jasadlari Isroilga halok bo‘lgan askar Itay Chenning qoldiqlari topshirilgandan so‘ng qaytarilgan. Chen 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS tomonidan asirga olingan, 2024 yil 10 mart kuni uning halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Sulh kuchga kirganidan beri Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi G‘azoga 285 ta jasadni yetkazib bergan. Ammo DNK tahlil to‘plamlarining yetishmasligi tufayli ularning shaxsini aniqlash jarayoni qiyinlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh imzolangandi. Bu kelishuvga AQSH, Misr, Qatar va Turkiya vositachiligida, Trampning 20 banddan iborat tinchlik rejasi asosida erishilgan.
Mazkur reja HAMAS tomonidan barcha garovdagilarni (tirik va halok bo‘lganlarni) ozod etish, Isroil qo‘shinlarini kelishilgan chiziqqacha olib chiqish, G‘azoni vaqtincha boshqaruvchi Tinchlik Kengashini tuzish, xavfsizlikni ta’minlash uchun xalqaro harbiy kontingent joylashtirishni nazarda tutadi. Shuningdek, HAMAS a’zolari o‘z qurollarini topshirsa, amnistiya oladi.
Live
Barchasi