Isroil G‘azoga havodan zarba berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorining janubi-g‘arbidagi Falastinning HAMAS harakati ob’ektiga hujum qildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Isroil armiyasi (SAXAL) matbuot xizmati XAMASga tegishli yerosti raketa ishlab chiqarish ob’ekti havo zarbalariga uchragani haqida xabar berdi.

Qayd etilishicha, havo hujumlari Falastin anklavidan Isroil tomon otilgan raketa hujumlariga javoban amalga oshirilgan.

Qurbonlar va yaradorlar haqida ma’lumot yo‘q.

Isroil rasmiylari avvalroq G‘azodan Isroil janubidagi Ashkelon shahri tomon ikki raketa uchirilgani, ulardan biri Temir gumbaz havo mudofaa tizimi tomonidan yo‘q qilingani, ikkinchisi ochiq maydonga tushgani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil

Baholaganlar

418

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing