Isroil G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlarni “terrorchi”ga chiqardi

Olam

image

Isroil armiyasida bir muddat avval G‘azo sektorida halok bo‘lgan Qatar “Al-Jazeera” telekanalining ikki jurnalisti terrorchilik harakatlarida ishtirok etgani haqida ma’lumot bor. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Yaqinda (2024 yil, 7 yanvar) Isroil qo‘shinlari Rafah hududida dushmanning uchuvchisiz samolyotini topdi. O‘sha yerdagi qurollar yaqin atrofdagi qo‘shinlarga tahdid solib kelgan. Keyinroq Falastin OAV jurnalistlari Hamza al-Dahduh va Mustafo Turaya bombardimon paytida halok bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, har ikkala jurnalist ham Isroil harbiylariga xavf tug‘diruvchi portlovchi qurilmalarni boshqargan:

"Mustafo Turaya G‘azo shahridagi HAMAS brigadasi a’zosi va al-Qadisiyya bataloni qo‘mondoni o‘rinbosari, Hamza al-Dahduh esa radikal "Islom jihodi" guruhi faoliyatida ishtirok etgan”, deya qo‘shimcha qilgan Isroil armiyasi matbuot xizmati. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 yanvar kuni HAMAS asoschisining nabirasi Ali Salim Abu Aja bilan bir kunda “Al-Jazeera” telekanalining G‘azo bo‘limi boshlig‘i Vail al-Dahduhning o‘g‘li Hamza al-Dahduh va  "France-Press" agentligida operator bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan Mustafo Turaya Isroil armiyasining raketa hujumi oqibatida o‘ldirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Isroil G'azo Mustafo Turaya Hamza al-Dahduh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing