Isroil G‘azoda turkiyalik jurnalistlarni o‘qqa tutdi

Olam

image

Turkiyaning TRT (TRT Arabi) telekanalining arab xizmatining suratga olish guruhi G‘azo sektorida o‘qqa tutildi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Isroil armiyasi tomonidan amalga oshirilgan. 

Jurnalistlar ketayotgan mashina o‘qqa tutilgan. Ular G‘azo sektorining markaziy qismidagi Nuseyrat qochqinlar lageri hududida efirga chiqishni rejalashtirgan edi. 

Operator Sami Shahada jiddiy jarohat olgan. Uning oyog‘ini kesish aytilgan. Uning ahvoli og‘irligicha qolmoqda va uning hayotiga tahdid bor. Telekanal muxbiri Sami Berxum jarohat olmagan.  

“Anadolu” agentligi, o‘z navbatida, hududda TRT jurnalistlaridan tashqari, boshqa ommaviy axborot vositalarining muxbirlari ham jarohatlanganini xabar qilmoqda.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun hujumni ataylab uyushtirilgan deb atadi. 

“TRT Arabi guruhiga qilingan hujum qasddan amalga oshirilgan. Hududda shu paytgacha 140 nafar jurnalistga qilingan hujumlar kabi ataylab uyushtirilgan. Isroil haqiqatning oshkor etilishini istamagani uchun matbuotni nishonga olmoqda”, deydi u TRT kanali efirida. 

Altun, shuningdek, Isroil qilmishlari uchun qonun oldida javob berishiga ishora qildi.  

“Isroil G‘azoda olib borayotgan siyosatini yashirish uchun ikki ish qilyapti. Dezinformatsiya bilan faol shug‘ullanmoqda va jurnalistlarni ham o‘ldirmoqda. Isroilda axloqiy tamoyillar yo‘q va o‘zini xalqaro huquqdan ustun qo‘yadi. Afsuski, G‘arb xalqaro ommaviy axborot vositalari jim bu masala bo‘yicha sukut saqlayotganini ko‘ryapmiz”, deya qo‘shimcha qildi u. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Isroil G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing