Isroil G‘azoda tug‘ilgan kun nishonlayotgan oilaga hujum qildi

Olam

image

Kecha, 30 iyun kuni Isroil armiyasi (SAXAL) G‘azo sektoridagi bir nechta ob’ektlarni – qahvaxonani, maktabni, shifoxonani va oziq-ovqat tarqatish punktlarini havodan nishonga oldi. Ushbu hujumlar oqibatida kamida 95 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab kishilar tan jarohati olgan. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, markaziy G‘azodagi sohil bo‘yidagi qahvaxonaga uyushtirilgan aviazarbada 39 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘lgan. Hujum sodir bo‘lgan paytda u yerda tug‘ilgan kun nishonlanayotgan bo‘lgan. Voqea oqibatida o‘nlab insonlar yaralangan.

Bundan tashqari, Isroil G‘azodagi Yafa maktabiga havo hujumini amalga oshirgan. U yerda falastinliklar boshpana topgan bo‘lgan. Shuningdek, Deyr al-Balah shahridagi Al-Aqso shifoxonasi hovlisi nishonga olingan. Bu shifoxonada minglab oilalar vaqtincha boshpana topgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tibbiyot muassasasi ilgari ham kamida 10 marta Isroil hujumlariga nishon bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning G‘azodagi maktab binosiga bergan zarbasi oqibatida kamida 18 nafar inson halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Maktabda o‘sha vaqtda ko‘chirilgan falastinlik qochqinlar joylashgan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo TsAXAL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing