Isroil G‘azoda insoniyatga qarshi jinoyat amalga oshirgan – HRW
Olam
−
14 noyabr
2492Isroil G‘azodagi falastinliklarni majburan ommaviy ravishda ko‘chirib, urush va insoniyatga qarshi jinoyat amalga oshirgan. Bu haqda bugun, 14 noyabr kuni Inson huquqlari tashkiloti (HRW) hisobot e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, G‘azoda 13 oy davomida sodir etilgan keng miqyosli urush davrida taxminan 1,9 million falastinlik – deyarli hududning 90 foizdan ortiq aholisi ko‘chirilgan. Xususan, Isroil kuchlari G‘azodagi uylarni va fuqarolik infratuzilmasini maqsadli tarzda vayron qilgan. Isroil esa ushbu harakatlarning bufer zonalari va xavfsizlik koridorlari yaratish uchun amalga oshirganini iddao qilib keladi.
“Isroil hukumati falastinliklar xavfsizligini ta’minlayman, deb da’vo qila olmaydi. Chunki ularni qochayotgan yo‘llarida o‘ldiradi, xavfsiz hududlarni bombardimon qiladi, ovqat, suv va sanitariya xizmatlarini to‘sib qo‘yadi”, deydi HRW'ning boshqaruvchi tadqiqotchisi Nadya Xardman.
Qayd etilishicha, Isroil falastinliklarning uylariga qaytish huquqini ta’minlash majburiyatini ochiq-oydin buzmoqda, katta hududlarda deyarli hamma narsani vayron qilmoqda.
Ushbu hisobotga javoban Isroil harbiylari xalqaro huquqqa sodiq qolganini va unga muvofiq harakat qilishini aytib, fuqarolarni jangovar hududlardan himoya qilish uchun evakuatsiya buyruqlari berilishini iddao qilgan. Shuningdek, Isroil harbiylari har qanday harbiy zaruratga qarshi fuqarolik infratuzilmasini maksimal darajada zararlashni maqsad qilgan strategiyaning mavjudligini inkor etib, xalqaro huquqni buzish haqidagi barcha shikoyatlar va arizalar ichki tekshiruv organlariga yuborilishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari tomonidan e’lon qilingan hisobotda G‘azo sektorida halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar qariyb 70 foizni tashkil etayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi