Isroil G‘azoda AQSH o‘q-dorilari yordamida urush jinoyatlarini sodir etmoqda – Amnesty International

Olam

image

Isroil G‘azo sektorida Amerika o‘q-dorilari yordamida harbiy jinoyatlar sodir etmoqda. Bu haqda Amnesty International tashkilotining Amerika bo‘yicha ijrochi direktori Pol O’Brayen X’dagi sahifasida yozdi. 

Amnesty International tadqiqotiga ko‘ra, Isroil armiyasi falastinliklarga qarshi harbiy jinoyatlar sodir etmoqda.

"Shuning uchun biz AQSHni urush jinoyati qurollarini yuborishni to‘xtatishga chaqiramiz", deydi u.

O’Brayen o‘z postida xorijiy yordam paketiga qarshi ovoz bergan AQSH Senati va Vakillar palatasi a’zolariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Senati 95 milliard dollarlik (61 milliard dollar va Isroilga 26 milliard dollar harbiy yordam) tashqi yordam paketini ma’qullagandi. AQSH Prezidenti Jo Bayden mazkur yordam paketini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Amnesty International

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing