Isroil G‘azo janubini ham urush hududi deb e’lon qildi

Olam

image

Isroil G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shaharchasini urush hududi deb e’lon qildi va to‘rtta hudud aholisini evakuatsiya qilish haqida ogohlantirdi. Bu haqda SAXAL matbuot xizmati xabar berdi.

Shunday qilib, Isroil avvalroq xavfsiz hudud deb e’lon qilgan G‘azo sektorining janubida keng ko‘lamli hujumlar boshlanganiga ishora qildi.

Blokada ostidagi anklav janubidagi eng yirik aholi punkti Xon Yunus shahrining Al-Qarara, Xuza, Absan va Beni Suhaile hududlariga havodan varaqalar tashlangan, 

Matnda aytilishicha, Xon Yunus xavfli urush hududiga aylangani uchun belgilangan to‘rtta hudud aholisi zudlik bilan Rafah shahridagi boshpanalarga evakuatsiya qilinishi kerak.

Qayd etish joizki, Xuza va Absan tumanlari Xon Yunusning sharqiy qismida, Isroil bilan chegarada, Al-Qarara esa Salohiddin kvartaliga yaqin joyda joylashgan.

Shuningdek, Isroil armiyasi 1,7 million kishi qochishga majbur bo‘lgan mintaqaga yangi hujumlar paytida falastinliklar boshpana topishi mumkin bo‘lgan hududlarni ko‘rsatish uchun butun G‘azo sektorini 2300 dan ortiq bloklarga bo‘lgan xaritani chop etdi.

Ma’lumot uchun, Isroil armiyasi blokadani kuchaytirib, uning ayrim qismlarini egallab olgan G‘azo sektori dunyodagi aholi eng zich joylashgan uchinchi hudud sanaladi. U yerdagi 365 km maydonda 2,3 million kishi yashaydi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 1 dekabr kuni Isroil HAMAS bilan sulh buzilganini e’lon qilib, harbiy harakatlarini qaytadan boshlagandi. G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bugungi zarbalarda 32 kishi halok bo‘lgani, ko‘plab tinch aholi vakillari jarohat olganini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Xon Yunus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing