Isroil G‘azo janubiga raketa zarbasi berdi

Olam

image

Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shaharchasiga havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, isroillik harbiylar Xon Yunusning g‘arbiy qismiga ikkita raketa bilan hujum qilgan. WAFA rasmiy axborot agentligining xabar qilishicha, Xon Yunus shahri yaqinidagi Al-Mavasi hududidagi havo hujumi oqibatida uch nafar tinch aholi vakili yaralangan. Rafah shahridagi hujumlarda esa ikki falastinlik halok bo‘lgani xabar qilingan.

Shuningdek, bugun, 3 martga o‘tar kechasi Isroil G‘azo sektorining shimoliy qismini, jumladan, Tuffah va Jabaliya hududlarini, shuningdek, Rafah hududini o‘qqa tutishni davom ettirgani xabar qilingan.

Qayd etilishicha, sulh bitimi 19 yanvarda kuchga kirganidan beri Isroil uning shartlarini buzishda davom etmoqda. Bu qonunbuzarliklar oqibatida falastinliklar orasida halok bo‘lganlar soni 116 nafarga yetgan, yaradorlar soni esa 490 nafarga yetgan.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azoga insonparvarlik yordami olib kirishni to‘xtatganini e’lon qildi, buni HAMASning AQSHning tinchlik muzokaralarini davom ettirish taklifiga qarshiligini bahona qildi.

HAMAS, o‘z navbatida, Isroilning qarorini keskin qoralab, buni harbiy jinoyat va ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatishga zarba deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing