Isroil G‘azo shimoliga qaytishga uringan falastinliklarga o‘t ochdi – OAV

Olam

image

Isroil armiyasi ertalabdan gumanitar pauza boshlangan G‘azo sektorining janubidan shimolga qaytishga urinayotgan falastinliklarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi eksklav janubidan G‘azo shahri va shimoliy hududlarga qaytishga urinayotgan falastinliklarni nishonga olgan.

Sog‘liqni saqlash manbalariga ko‘ra, Isroil harbiylari tomonidan uyushtirilgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, ko‘p sonli falastinliklar (aksariyati oyog‘idan) yaralangan.

Yaradorlar Deyr al-Balah shahridagi “Al-Aqso shahidlari” shifoxonasiga olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 noyabr kuni ertalab mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da HAMAS va Isroil o‘rtasida tuzilgan to‘rt kunlik gumanitar pauza kuchga kirgandi. Gumanitar pauza G‘azo sektoridagi hujumlarni vaqtincha to‘xtatish, asirlarni almashish va bloklangan eksklavga gumanitar yordam yetkazishni nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

OAV Isroil G'azo falastinliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing