Isroil G‘azo shahri ustidan nazorat o‘rnatmoqchi (video)

Olam

image

Isroil Vazirlar Mahkamasi HAMAS harakatini “mag‘lubiyatga uchratish” va G‘azo shahri ustidan nazorat o‘rnatish rejasini ma’qulladi. Bu haqda bugun, 8 avgust kuni “Associated Press” va “Reuters” agentliklari xabar berdi.

Bu qaror Isroilning yuqori martabali amaldorlarining tungi yig‘ilishidan so‘ng – urushni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro chaqiriqlar kuchayib borayotganiga va HAMAS tomonidan garovga olinganlar taqdiridan qo‘rqqan ko‘plab isroilliklarning noroziliklariga qaramay qabul qilindi.

Bosh vazir Binyamin Netanyaxu avvalroq “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Isroil butun G‘azo sektorini o‘z nazoratiga olishni rejalashtirayotganini aytgan edi. Isroil armiyasi allaqachon anklavning to‘rtdan uch qismini nazorat qilmoqda.

SAXAL G‘azo shahriga bir necha bor havo hujumlari va reydlar uyushtirdi. Biroq bu anklavning Isroil bufer zonasiga aylantirilmagan va evakuatsiya qilinmagan kam sonli hududlaridan biridir.

“Associated Press” agentligining yozishicha, ushbu zonada keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiya o‘n minglab odamlarni ko‘chirishi va oziq-ovqat yetkazib berishni yanada murakkablashtirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing