Isroil G‘azo sektoridagi BMT maktabiga zarba berdi
Olam
−
06 iyun 2024 6944 1 daqiqa
Bugun, 6 iyun kuni Isroil harbiylari G‘azo sektori markazidagi BMT maktabiga havo hujumi uyushtirgani oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash idorasi xabar berdi.
Isroil mudofaa kuchlari 7 oktyabr kuni Isroilga hujumda ishtirok etgan HAMAS jangchilari maktabdan boshpana sifatida foydalanganini iddao qilmoqda.
HAMAS matbuot xizmati Isroilning tushuntirishini rad etdi va Isroil kuchlari ko‘chirilgan odamlarga qarshi "shafqatsiz jinoyat" sodir etganini aytdi.
Hujum Nuseyratdagi BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligiga qarashli maktabga qaratilgan.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart