Isroil G‘azo sektori bo‘ylab yurishini kengaytirdi

Olam

image

Isroil G‘azo sektori bo‘ylab “quruqlikdagi operatsiya”larini kengaytirmoqda. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari vakili Daniel Hagariy ma’lum qildi.

Isroil Mudofaa kuchlari Bosh shtab boshlig‘i general-leytenant Gersi Halevi harbiylar G‘azo sektorining janubida “quruqlikdagi operatsiya”ni boshlaganini, bu kuch jihatidan shimoldagi janglardan kam bo‘lmasligini aytgan.

“Bu (G‘azo sektorining janubidagi yurish) shimoldagi hujumdan kam bo‘lmaydi. Natijalar ham shunga yarasha bo‘ladi”, deya iddao qilgan Halevi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida gumanitar pauza va vaqtinchalik sulhga qadar Isroil harbiylari HAMAS harakati bilan aloqador bo‘lgan falastinlik jangchilardan iborat ikkita brigadani qisman yo‘q qilgan. 

"Kecha ertalab biz G‘azo sektorining janubida ham xuddi shunday harakatlarni boshladik", deydi Bosh shtab rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shaharchasini urush hududi deb e’lon qilgandi va to‘rtta hudud aholisini evakuatsiya qilish haqida ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made