Isroil G‘azo osmonidan ogohlantiruvchi varaqa sochdi
Olam
−
14 Oktabr 2023
10038Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi Beyt-Laxiya shaharchasida evakuatsiya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi varaqalar tarqatdi. Chunki HAMAS bu shahardan “o‘z operatsiyalari uchun” foydalanmoqda. Bu haqda “Jerusalem Post” xabar bermoqda.
“Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi Beyt-Laxiya shahriga varaqalar tashlab, aholini evakuatsiya qilish haqida ogohlantirgan, chunki HAMAS shahardan o‘z amaliyotlari uchun foydalanmoqda”, deyiladi agentlik xabarida.
Isroil-Falastin mojarosi
Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlandi. Keyinchalik HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.
Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi. 9 oktyabr kuni Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil harbiylari G‘azo sektorini keng ko‘lamli blokadaga kirishayotganini ma’lum qildi. U G‘azo sektorida elektr, oziq-ovqat, yoqilg‘i bo‘lmasligini, hamma narsa yopilishini aytdi.
Shuningdek, Isroil G‘azo sektoridagi Al-Yarmuk, Al-Emin Muhammad, Ahmad Yasin, Muhammad El-Habib, Es-Susi va Al-G‘arbi masjidlariga zarba berdi. Bu orada Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektori atrofidagi keskinlik fonida “Eronni jilovlash uchun” Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 20-25 ta F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlarini yuborishi ma’lum bo‘ldi. Germaniya esa Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uchun avval tasdiqlangan mablag‘larni ajratishni to‘xtatdi.
LiveBarchasi