Isroil G‘azo-Misr chegarasi rejasini tasdiqladi 

Olam

image

Isroil Vazirlar Mahkamasi Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi chegaraning Filadelfiya koridorida Isroil qo‘shinlarining mavjudligini saqlab qolish qarorini ma’qulladi. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi sakkiz ovoz ustunligi bilan tegishli qo‘shinlarni joylashtirish xaritalarini ma’qullagan. Unga ko‘ra, Mudofaa vaziri Yoav Galant bunga qarshi chiqqan, Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir esa betaraf qolgan.

Nashrga ko‘ra, 22 avgust kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi mamlakat rahbariyati G‘azo sektorining Misr bilan chegarasidagi Filadelfiya koridorida xalqaro kontingentni joylashtirish g‘oyasini ko‘rib chiqayotgani haqidagi ma’lumotni rad etgan. Bayonotda aytilishicha, hukumat rahbari Falastinning HAMAS harakatining qayta qurollanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Isroil Filadelfiya koridorini nazorat qilish tamoyiliga amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Misr va G‘azo sektori o‘rtasida devor qurish rejasi haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo-Misr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing