Isroil G‘azo bo‘yicha Misr rejasining birinchi bosqichini muhokama qilishga tayyor – WSJ 

Olam

image

Isroil G‘azodagi urushni hal qilish bo‘yicha Misr taklif qilgan rejaning birinchi bosqichini amalga oshirish imkoniyatini istisno etmayapti. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning “Likud” partiyasi deputati va mamlakatning BMTdagi sobiq doimiy vakili Dani Danonga tayanib, “The Wall Street Journal” (WSJ) xabar berdi.

Bu bosqich HAMAS tomonidan garovga olinganlarni Isroildagi falastinlik mahbuslar evaziga ozod qilishni o‘z ichiga oladi.

"Birinchi bosqich – bu biz muhokama qilishni boshlamoqchi bo‘lgan masala", deydi Dani Danon. 

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati Misr taklifini ko‘rib chiqmoqda. Uning aytishicha, Isroil garovga olinganlarni ozod qilish imkonini beradigan har qanday imkoniyatdan jiddiy foydalanadi. 

Danonning qo‘shimcha qilishicha, kelajakda, ehtimol, garovga olinganlar va mahbuslarni ozod etishni nazarda tutuvchi rejaning birinchi bosqichini davom ettirishi mumkin.

Shu bilan birga, deputat ixtilof tugaganidan keyin G‘azo sektorini boshqarish masalasini ham ko‘rib chiqadigan ushbu rejaning bir qismi sifatida yahudiy davlati anklavning kelajagiga HAMASning hech qanday aralashuviga yo‘l qo‘ymasligini aytgan. 

“Biz HAMASning G‘azo bo‘yicha kelajakdagi har qanday kelishuvning bir qismi bo‘lishiga qat’iy qarshimiz”, deya ta’kidlaydi Danon.

Isroil rasmiysining fikricha, yahudiy davlati amaldorlari garovga olinganlarni ozod qilishda muhim rol o‘ynagan Misrning mojaroni hal qilishdagi ishtirokini qadrlaydi. 

“Agar ular [misrliklar] bizga bu borada yana yordam bera olsalar, biz bundan ham minnatdor bo‘lamiz”, deydi Danon.

Eslatib o‘tamiz, oldirnoq Misr hukumati Isroil va HAMASga G‘azo sektori ustidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha uch bosqichdan iborat rejani taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing