Isroil G‘arbiy Sohildagi 1,2 gektar joyni “davlat yerlari” deb e’lon qildi 

Olam

image

Isroil hukumati G‘arbiy Sohildagi 1270 gektar maydonni davlat yerlari sifatida belgiladi. Bu haqda Isroildagi turarjoy siyosatini doimiy kuzatib boruvchi “Shalom axshav” inson huquqlari tashkiloti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu davlat yerlariga qo‘shib olish bo‘yicha Isroil hukumati tomonidan so‘nggi 30 yillikda kuzatilgan eng katta holatdir.

Qayd etilishicha, belgilangan hududning kattaligi Oslo kelishuvlaridan keyingi eng kattasi hisoblanadi. Bu kelishuv isroillik va falastinliklar o‘rtasida 1993 yilda tuzilgan. Kelishuvda mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish majburiyati hamda terrorizm va zo‘ravonlikning boshqa shakllaridan voz kechish singari punktlar ham bor.

“Bu bilan 2024 yilda davlat yerlari deklaratsiyasining buzilishi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqmoqda”, deyilgan xabarda.

Inson huquqlari faollarining aytishicha, 2024 yil boshidan buyon G‘arbiy Sohilning jami 2370 gektar hududi davlat yerlari deb e’lon qilingan.

“Davlat yerlarini deklaratsiya qilish Isroil tomonidan bosib olingan hududlardagi yer ustidan nazoratni o‘rnatishdagi asosiy usullardan biridir. Davlat yerlari deb e’lon qilingan hududlar endi Isroil nazarida falastinliklarning xususiy mulki hisoblanmaydi va ulardan foydalanishlari taqiqlanadi. Davlat yerlari faqat isroilliklarga ijaraga beriladi”, degan huquq faollari.

Ma’lumot uchun, 1980 yillar davomida Isroil G‘arbiy Sohildagi yuz minglab gektar yerni davlat yerlari deb e’lon qildi. Ammo bu amaliyot 1992 yilda Isxak Rabin hukumati tomonidan to‘xtatildi. Biroq 1998 yilda Binyamin Netanyaxu hukumati tomonidan bu amaliyot qayta tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'arbiy Sohil Shalom axshav davlat erlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing