Isroil Falastin qishlog‘idagi uylarni 186-marta buzmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Isroil harbiylari 186-marta Al-Naqaba cho‘lida joylashgan Al-Araqib qishlog‘idagi turar-joy binolarini buzdi. Al-Araqib qishloq mudofaasi qo‘mitasi a’zosi Aziz at-Turining “Anadolu” agentligiga aytishicha, 22 oila yog‘och va plastmassadan qurilgan vayron qilingan uylarda yashamoqda.

At-Turining so‘zlariga ko‘ra, bu qishloqdagi uylarning ushbu oyda ikkinchi marta buzilishi va koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri o‘n birinchisi.

Ma’lumot uchun, Isroil armiyasi 2010 yil iyulidan beri Falastin qishlog‘idagi uylarni noqonuniy bino deb buzib kelmoqda. Al-Araqib aholisining 80 foizidan ko‘prog‘i arablar – Isroil fuqarolari.

Isroil rasmiylari “qishloq noqonuniy asosda qurilgan va uni buzish kerak” deb da’vo qilmoqda. Qishloq aholisi, bunga javoban, bu yerlar Isroil tashkil etilishidan ancha oldin ota-bobolaridan meros bo‘lib o‘tganini ta’kidlaydi.

Qishloq aholisi qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda, Isroil qurolli kuchlari tomonidan har bir buzilishidan keyin yog‘och va plastmassa uylarini qayta tiklaydi.

Isroil Al-Araqibni elektr va suv bilan ta’minlamaydi, mintaqada yashovchi falastinliklarning yerga egaligini tan olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil harbiylari G‘arbiy sohilda falastinlik namoyishchilarga qarshi o‘q otib, 4 kishini jarohatlagandi.

Shuningdek, Isroil samolyotlari G‘azo sektoriga yana bir zarba berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing