Isroil Eronning 14 ta kemasiga hujum qildi

Olam

image

Isroil neft eksportini to‘xtatish uchun Eronning 14 tankeriga hujum qildi. Bu haqda Islom inqilobi gvardiyasi korpusi qo‘mondoni, general-leytenant Husayn Salamiy ma’lum qildi.

“Qizil va O‘rtayer dengizida bizning 14 ta kema neft eksportimizga to‘sqinlik qilish uchun hujumga uchradi. Buning ortida sionistik rejim turganini aniqladik va bunga javoban ularning 12 ta kemasiga zarba yo‘lladik”, deydi Salamiy.

Uning ta’kidlashicha, Islom inqilobi gvardiyasi korpusi yuk tashish liniyalarining xavfsizligini ta’minlashga muvaffaq bo‘lgan, biroq embargoni amalga oshirish buzilgan. U Isroil Eron kemalariga qachon hujum qilingani va Isroil kemalariga kim zarba bergani haqida aniq ma’lumot bermagan.

“Ularning beshinchi kemasiga zarba berilgach, qo‘llarini ko‘tarib, urushni to‘xtatishga chaqirdi", dedi qo‘mondon.

Qayd etilishicha, hujum oqibatida yuzaga kelgan barcha teshiklar muvaffaqiyatli yopilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaman husiylari Qizil dengizda ikkita neft tankeriga hujum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron neft' tanker Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing