Isroil Eronga zarba berish uchun Iroq hududidan foydalangan
Olam
−
26 Oktabr
8782Isroil Eronga zarba berish uchun AQSH armiyasi nazorati ostida bo‘lgan Iroq hududidan foydalangan. Bu haqda Eron Qurolli kuchlari bosh shtabiga tayanib, “Tasnim” xabar berdi.
Eron bosh shtabi bayonotiga ko‘ra, mamlakatning “sionist dushmanlari” xalqaro huquqni buzgan holda ochiq agressiyani namoyon etgan va Eron chegarasidan 100 kilometr uzoqlikdagi Iroqning AQSH armiyasi nazoratidagi hududidan foydalangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil havo-yer turidagi raketalardan foydalanib, Eronning uchta viloyatidagi radioaloqa stansiyalariga zarba berishga uringan.
“Ilam, Huziston va Tehron viloyatlaridagi bir nechta chegarada joylashgan radioaloqa stansiyalariga o‘rta masofali havo-yer raketalari yo‘naltirilgan bo‘lib, ular yengil portlovchi jangovar kallaklar bilan jihozlangan. Bu kallaklar Eronning ballistik raketalarining beshdan bir qismidan iborat jangovar kallaklarga tenglashtirilishi mumkin”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi Isroil tomonidan Eronning bir nechta harbiy markazlariga qilingan hujum xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomini buzganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi