Isroil Eronga qarshi “yashirin” operatsiyalar o‘tkazmoqda – OAV

Olam

image

Isroil harbiylari Eronning yadroviy va raketa dasturlarini buzish, uchuvchisiz samolyotlarni yaratish jarayonini to‘xtatish maqsadida “yashirin amaliyotlar” o‘tkazmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib, xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, Isroil o‘tgan yili amaliyotlar ko‘lamini kengaytirgan.

“Isroil Eron “qurolga mos” uran ishlab chiqarishda sezilarli muvaffaqiyatga erishganini tan oladi va shuning uchun Tehron o‘zining yadroviy kallaklari hamda raketalarini yanada rivojlantirishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi”, deb yozgan jurnal.

2017 yildan beri Isroil Eron va uning Suriyadagi ittifoqchilariga qarshi 400 dan ortiq havo hujumlarini amalga oshirgan. Xususan, Isroil harbiylari Eronning ilg‘or uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirgan, Eron yadroviy inshootlari va respublikaning raketa dasturiga qaratilgan sabotaj hamda kiberhujumlarni amalga oshirgan.

Nashr manbalariga ko‘ra, Isroil maqsadlariga erisha olmagan, chunki harbiylar Eronning yadro qurolini yaratish harakatlariga yetarlicha aralasha olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil harbiy operatsiya

Baholaganlar

709

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing