Isroil Eronga qarshi arab davlatlari koalitsiyasini tuzmoqchi

Olam

image

Isroil mintaqada Eronning ta’sirini qisqartirishni xohlovchi arab davlatlari koalitsiyasini tuzmoqchi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Bosh vazirga ko‘ra, u ertaga, 26 avgust kuni Vashingtonda AQSH Prezidenti Jo Baydenga bu masala bo‘yicha yangi strategik qarashlarini taqdim qiladi.

“Biz bu ekspansiyaga qarshilik ko‘rsatadigan va uni to‘xtatadigan barqaror arab davlatlari koalitsiyasini tuzish ustida ishlashimiz kerak”, degan Bennet.

Isroil Bosh vaziri rejasininng tafsilotlariga va unga qaysi davlatlarni jalb qilish niyatida ekaniga to‘xtalmagan.

Qayd etish kerakki, AQSHning 45-Prezidenti Donald Tramp davrida qator arab davlatlari Isroil bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. BAA, Bahrayn va Marokash shular jumlasidan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing