Isroil Eron tomonidan bo‘ladigan hujumga tayyorlanyapti –OAV

Olam

image

Isroil armiyasi Iroq va Yamandagi Eron qo‘llab-quvvatlayotgan jangarilar tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan hujumga tayyorlanyapti. Bu haqda “Anadolu” agentligi Isroil jamoatchilik televideniyesiga (KAN) tayanib, xabar berdi.

KAN`ning aniqlik kiritishicha, Isroil mudofaa armiyasining yuqori martabali vakillari o‘tgan haftada mamlakatga raketa va dronlar yordamida hujum qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan.

Iroq jangarilari yoki Yaman xusitlari yahudiylar davlatiga hujum qilishi mumkinligi ta’kidlanyapti.

Isroil Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Aviv Koxavi yadroshunos olim Muhsin Faxrizoda o‘limida rasmiy Tel-Avivni ayyoblayotgan Eronni ogohlantirgan. Koxavi Eron yoki uning radikal tarafdorlari tomonidan bo‘ladigan har qanday hujumga jiddiy javob qaytarilishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 27 noyabr kuni Eron yadro dasturi mualliflaridan biri bo‘lgan yadroshunos olim Muhsin Faxrizoda mamlakat poytaxti yaqinidagi Absard aholi punktida terrorchilar hujumi qurboni bo‘ldi. 

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Isroilning yadrochi olim qotilligiga aloqadorligini e’lon qilib, xalqaro hamjamiyatni, xususan Yevropa Ittifoqini ikki tomonlama standartlar siyosatiga barham berishga va “davlat terrorizmi” harakatini qoralashga chaqirdi.

Eronda olimning o‘limi munosabati bilan 40 kunlik motam e’lon qilindi. Eron parlamenti esa mamlakatning yadro faoliyatini tiklash bo‘yicha loyihaning umumiy qoidalarini ma’qulladi.

Shuningdek, BMT Eronda mamlakatning yadro dasturi rahbarlaridan biri bo‘lgan fizik Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishi munosabati bilan dunyo mamlakatlariga murojaat qilib, ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

Olim masofadan boshqariladigan quroldan o‘ldirilgani haqida ham fikrlar bildirildi. Ya’ni hujum vaqtida qotillik ijrochilaridan hech kim bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron-Isroil

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar