Isroil Eron tahdidi tufayli Netanyaxuga bunker tayyorlamoqda
Olam
−
05 avgust
10260Isroilning uchta yirik tashkilotlaridan biri bo‘lgan mamlakat maxsus xizmatlari – “Shin Bet” Eron hujumi tahdidi tufayli mamlakat rahbariyati uchun barpo etilgan bunkerni qayta tayyorlamoqda. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Mahalliy “Walla” portaliga ko‘ra, bir necha yuz kishiga mo‘ljallangan ushbu boshpana Quddus shahri hududida joylashgan. U turar-joy binolari bo‘lgan ish xonalari, Mudofaa vazirligi bilan aloqa markazini o‘z ichiga oladi va raketalar zarbasidan himoyalangan. Yuqori martabali rahbarlar urush paytida uzoq vaqt qolishlari mumkin bo‘lgan yer osti bunkeri to‘liq qayta ishlanmoqda.
Xavfsizlik xizmatining hisobotida aytilishicha, qariyb 20 yil avval qurilgan bunker bir qator mavjud qurollar zarbalariga bardosh bera oladi, qo‘mondonlik va nazorat qilish qobiliyatiga ega va Mudofaa vazirligining Tel-Avivdagi shtab-kvartirasi bilan bog‘langan.
Milliy boshqaruv markazi sifatida ham tanilgan bunker Isroilning G‘azodagi so‘nggi 10 oylik urushida foydalanilmagan. Biroq, u Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va boshqa yuqori martabali shaxslar tomonidan Isroil Yaqin Sharqda keskinlik kuchaygan bir paytda Eron va “Hizbulloh” tomonidan ehtimoliy hujumlarga tayyorlanayotganda foydalanish uchun shay holatga keltirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron HAMAS siyosiy yetakchisi Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilishi tufayli o‘ch olish uchun Isroilga hujumni boshlashi mumkinligi ma’lum qilingandi. Shuningdek, Oq uy rahbari Jo Bayden ma’muriyati Isroil bilan Eronning yirik hujumiga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi