Isroil Eron oliy rahbariga tegishli samolyot yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Olam

image

Isroil Tehrondagi Mehrobod aeroportida zarba berib, Eron oliy rahbari tomonidan foydalanilgan samolyotni yo‘q qilganini da’vo qilmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa armiyasi (SAXAL) xabar berdi.

SAXAL ma’lumotiga ko‘ra, zarba kecha, 15 mart kuni kechqurun amalga oshirilgan. Qayd etilishicha, ushbu samolyotdan Eronning marhum oliy rahbari Ali Xomanaiy hamda boshqa yuqori lavozimli amaldorlar va harbiylar foydalanib kelgan.

Xabarda aytilishicha, samolyot harbiy ta’minot bilan bog‘liq vazifalarni bajarish, shuningdek ichki va xalqaro parvozlar orqali turli davlatlar bilan faoliyatni muvofiqlashtirishda ishlatilgan.

Isroil tomonining ta’kidlashicha, samolyotning yo‘q qilinishi Eron rahbariyatining boshqa davlatlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish hamda harbiy salohiyatini tiklash imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) Eronga qarshi operatsiya bilan bir vaqtda Livan janubida ham harakat qilayotgani va “oldingi mudofaani kuchaytirish uchun” chegara yaqinidagi bir nechta nuqtalarda pozitsiyalarni egallayotgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Eron samolyot Isroil Tehron Ali Xomanaiy SAXAL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing