Isroil Eron qo‘mondonlaridan birini o‘ldirdi

Olam

image

Suriyadagi Eron Inqilobiy Gvardiyasi qo‘mondonlaridan biri Rozi Musaviy Damashq yaqinida Isroil harbiy amaliyoti oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Tasnim” agentligi xabar berdi.

O‘ldirilgan eronlik qo‘mondon Suriyada “harbiy maslahatchi” vazifasini bajargan va 2020 yilda Iroqda AQSH dronlari hujumida halok bo‘lgan eronlik general Qosim Sulaymoniyning yaqin do‘sti bo‘lgan.

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Suriyadagi Eron qo‘mondoni vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Bu harakat, shubhasiz, mintaqadagi sionist bosqinchilarning umidsizligi, nochorligi va ojizligining yana bir dalilidir. Ular bu jinoyat uchun albatta javob beradi”, degan Prezident.

Eronning Damashqdagi elchisi Husayn Akbariyning ma’lum qilishicha, o‘ldirilgan Eron qo‘mondoni elchixona xodimi bo‘lgan.

“Rozi Musaviy diplomatik pasportga ega bo‘lib, u mamlakatimiz elchixonasida ikkinchi maslahatchi sifatida ishlardi”, deydi elchi.

Uning aytishicha, Musaviy mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida elchixona binosida bo‘lgan, so‘ngra Zaynabiye mahallasidagi uyiga borgan. 

“Peshindan keyin soat 16:20da uning uyiga sionist rejimi tomonidan uchta raketa bilan zarba berilgan”, deydi elchi Husayn Akbariy.

Musaviyning rafiqasi esa o‘sha paytda uyida bo‘lmagan.

Eron Tashqi ishlar vazirligi Musaviyning o‘limi bilan bog‘liq yozma bayonotida, Eronning Isroil hujumiga tegishli vaqtda va joyda javob berish huquqini o‘zida saqlab qolganini bildirgan.

Yuqori martabali harbiy amaldor Husayn Polarkning ma’lum qilishicha, o‘ldirilgan Eron qo‘mondoni shu paytgacha Isroil uyushtirgan ikki suiqasddan omon qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Eron Isroil Rozi Musaviy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing