Isroil Eron bilan urushni yakunlashga tayyor – OAV

Olam

image

Isroil hukumati yaqin orada Eron bilan urushni yakunlashga tayyor. Bu haqda Isroil va arab rasmiylariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Isroil armiyasi yaqin kunlarda Erondagi barcha harbiy nishonlarni yo‘q qilib, urushni to‘xtatish imkonini yaratmoqchi. Bu orqali ular Eronni uranni boyitishni to‘xtatish va muzokaralarga qaytishga undamoqchi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH rasmiylari ushbu istakni Eron tomoniga yetkazishni arab davlatlaridan so‘ragan va bu taklif Eronga ham yetkazilgan. 

Eron tomoni esa ushbu so‘rovga “yo‘q” deya javob bergan va Eronning harakatlari davom etishi bildirilgan. 

“Biz hozircha urushni to‘xtata olmaymiz, chunki AQSHning 22 iyun tongidagi yadroviy markazlarga qilgan hujumiga javob bermasdan bo‘lmaydi”, deyiladi xabarda. 

Nashrning qayd etishicha, vaziyat dinamik va notinch bo‘lib qolmoqda, urushning qachon to‘xtashi Eronning javob harakatlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar Eron yadro dasturini davom ettirsa yoki yana Isroilga zarba bersa, Isroil ham yangi hujumlarga tayyor.

AQSHning Eronga zarbasi 

Kecha, 22 iyun kuni Tramp AQSH xalqiga murojaat qilib, mamlakat Eronning uchta yadroviy ob’ektiga – Fordo, Natanz va Isfahonga zarba berganini e’lon qilgan edi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa xalqqa qilgan murojaatida Trampga bu hujumlar uchun minnatdorlik bildirgan.

Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSHning zarbalari uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishini aytdi. Shuningdek, Eron hukumati zarbalarga qaramay, yadroviy energiyani rivojlantirishdan voz kechmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing