Isroil echlisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

Jamiyat

image

Isroil davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Eduard Chapira o‘z missiyasini yakunlamoqda. U bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qabulida bo‘ldi. 

Muloqot chog‘ida turli sohalarda va shakllardagi O‘zbekiston-Isroil hamkorligining holati va uni yanada rivojantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan Elchining samarali faoliyati va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi qayd etildi. 

O‘z navbatida, elchi Isroilning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Isroil

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing