Isroil Britaniyaning Quddusdagi konsulligini yopishni buyurdi

Olam

image

Isroil Buyuk Britaniyaning Sharqiy Quddusdagi konsulligini 30 kun ichida yopishni va undagi diplomatlarning akkreditatsiyasini bekor qilishni buyurdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroilning bu qarori Buyuk Britaniyaning bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Isroil aholi punktlariga nisbatan savdo sanksiyalari joriy etganiga javoban qabul qilingan.

Shuningdek, AQSH boshchiligidagi G‘azoni muvofiqlashtirish missiyasida Isroil hududida faoliyat yuritayotgan britaniyalik vakillar, shuningdek, Ramallohda joylashgan Buyuk Britaniya diplomatlari 7 kun ichida mamlakatni tark etishi kerak.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar kecha, 8 sentyabr kuni Buyuk Britaniya G‘arbiy Sohildagi aholi punktlaridan tovarlar importiga cheklov joriy etgani sababli Sharqiy Quddusdagi konsullik yopilishini aytgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyadan tashqari Fransiya va Kanada ham G‘arbiy Sohildagi Isroil aholi punktlaridan tovarlar importini taqiqlashini bildirgan. Fransiya va Shvetsiya esa Buyuk Britaniyaning ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

Isroil hukumati bugun, 9 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning mazkur choralariga qo‘shilgan boshqa davlatlarga nisbatan qanday javob berishni muhokama qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasining Livanning turli hududlariga uyushtirgan aviazarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing