Isroil Bosh vaziri hushini yo‘qotib, shifoxonaga yotqizildi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hushini yo‘qotib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Jerusalem Post” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 73 yoshli Bosh vazir Kesariyadagi uyida hushini yo‘qotib, boshi bilan yerga yiqilgan va shifoxonaga olib ketilgan. Netanyaxuning idorasi uning ahvoli yomonlashganini tasdiqlab, siyosatchi hozirda Tel-Xashomer shahridagi “Sheba” tibbiy markaziga yotqizilganini ma’lum qilgan.

Shifokorlarning aytishicha, Bosh vazir yiqilgani oqibatida olgan jarohatidan tashqari ko‘krak qafasidagi og‘riqni ham his qilgan.

Ta’kidlanishicha, Netanyaxu hozirda yaxshi ahvolda. Shunga qaramay, u zarba oqibatida miyasiga shikast yetmaganiga ishonch hosil qilish uchun tekshiruvdan o‘tkazilgan. Shuningdek, yurak ritmi normalligi ham o‘lchangan.

Uning idorasi bergan bayonotga ko‘ra, tibbiy ko‘rik vaqtida g‘ayritabiiy hech narsa aniqlanmagan va dastlabki tashxis hushini yo‘qotishi suvsizlanish oqibatida yuz berganini ko‘rsatgan.

"Shifokorlarning tavsiyasiga binoan, bosh vazir qo‘shimcha muntazam tekshiruvlardan o‘tishda davom etmoqda", deyiladi bayonotda.

Bosh vazirning o‘g‘li Avner Netanyaxu shifoxonada otasi bilan birga ekani, rafiqasi Sara ham keyinroq yoniga yetib borgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Binyamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing