Isroil BMT agentligi binosiga zarba berdi

Olam

image

Isroil kuchlari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA)ning yordam tarqatish markaziga zarba berdi, oqibatda UNRWA’ning kamida bir xodimi halok bo‘ldi, 22 nafari yaralandi. Bu haqda agentlik o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi.

“Bugungi kunda UNRWA’ning G‘azo sektorida qolgan kam sonli yordam tarqatish markazlaridan biriga qilingan hujum oziq-ovqat zaxiralarining kamayishi va keng tarqalgan ochlik fonida sodir bo‘ldi”, deydi agentlik Bosh komissari Filipp Lazzarini. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, UNRWA har kuni G‘azo sektoridagi o‘z ob’ektlarining koordinatalarini mojaro ishtirokchilariga uzatadi va bir kun oldin Isroil armiyasi ushbu ob’ektning koordinatalarini olgan.

UNRWA’ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Falastin-Isroil mojarosida keskinlashuvning yangi bosqichi boshlanganidan beri agentlikning kamida 165 xodimi halok bo‘lgan, 150 dan ortiq ob’ekt moddiy zarar ko‘rgan, ba’zilari butunlay vayron bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq UNRWA olib ketayotgan insonparvarlik oziq-ovqat karvoni Isroil dengiz kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Rafah UNRWA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing