Isroil Bayrut markaziga zarba berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Isroilning Bayrut markaziga bergan zarbasi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi yaralandi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, bugun, 23 noyabr kuni erta tongda zarba Basta tumanidagi sakkiz qavatli turar-joy binosini butunlay vayron qilgan. Livanning “Aljadeed” telekanali tomonidan uzatilgan kadrlarda kamida bitta bino vayron bo‘lgani va uning atrofidagi yana bir qancha binolarga jiddiy zarar yetganini ko‘rish mumkin.

Isroil harbiylari hujumdan oldin aholini evakuatsiya qilish haqida ogohlantirmagan. “Reuters” manbalariga ko‘ra, kamida to‘rtta bomba uloqtirilgan. Portlashlar ertalab soat 4:00 larda sodir bo‘lgan. Janubdagi Tir port shahriga alohida dron hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi yaralangan. Portlashlar Bayrut va Tirning janubiy chekkalarida bir kunlik portlashdan so‘ng sodir bo‘lgan. Hujumlardan oldin Isroil harbiylari evakuatsiya haqida xabarlar tarqatgan.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, favqulodda vaziyatlar xodimlari vayronalar orasidan omon qolganlarni qidirayotgan paytda qurbonlar soni ortishi mumkin. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlarning shaxsini aniqlash uchun DNK testlaridan foydalanilmoqda.

Isroil poytaxtning janubiy chekkasidagi havo hujumlarida “Hizbulloh”ning bir qancha yetakchilarini yo‘q qilgan. Livan janubida Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi shiddatli janglar davom etmoqda, chunki Isroil qo‘shinlari sentyabr oyida yirik hujumni boshlaganidan so‘ng mamlakatga chuqurroq kirib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Harbiy havo kuchlarining Suriyaning Xoms viloyatidagi Palmira shahridagi nishonlarga bergan zarbalari oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlangandi. Hujum binolar va uning atrofidagi hududlarga ham katta moddiy zarar yetkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bayrut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing