Isroil Bayrut markaziga yana zarba berdi. 22 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
11 Oktabr
2092Isroil armiyasining Livan poytaxti Bayrut markazini o‘qqa tutishi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 117 kishi yaralandi. Bu haqda Livanning NNA agentligi xabar berdi.
Bayrut markazidagi ikkita portlashdan so‘ng hudud ustidan qalin tutun ko‘tarildi. Hujum hududiga ko‘plab tez yordam va o‘t o‘chirish brigadalari yuborildi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujum nishoni bo‘lgan bino qulab tushgan, yaqin atrofdagi uylar va avtomobillarga zarar yetgan.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Bayrut markazidagi terakt oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 117 kishi jarohatlangan.
Isroil 12-kanal xabariga ko‘ra, hujum nishoni “Hizbulloh”ning marhum bosh kotibi Hasan Nasrullohning kuyovi va harakatning yuqori martabali arbobi Vafik Safo bo‘lgan. Isroil armiyasi matbuot kotibi Avichai Adrayei o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Dahiya tumanidagi ba’zi mahallalar xaritasini e’lon qildi va xaritada belgilangan hududlar aholisini zudlik bilan evakuatsiya qilish haqida ogohlantirdi.
LiveBarchasi