Isroil askarlari 7 oylik chaqaloqni otib o‘ldirdi (video)

Olam

image

Isroil askarlari tomonidan G‘arbiy Sohil hududida 7 oylik chaqaloq otib o‘ldirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Vazirlik marhum chaqaloqning ismi Sam Fahd Abu Haykal ekanini aniqlagan. Hodisa Xevron shahri janubidagi Tel Rumeyda hududida yuz bergan. Chaqaloqning ota va onasi ham jarohat olgan.

Isroil Mudofaa armiyasi bayonotida aytilishicha, harbiylar “ular tomon tezlik bilan kelayotgan mashinani xavf deb o‘ylagan” va shundan so‘ng mashina tomonga bir necha o‘q uzgan.

Armiyaga ko‘ra, oqibatda 3 nafar falastinlik jarohat olgan va ular tibbiy yordamga yetkazilgan. Harbiylar voqea tekshirilayotganini bildirgan hamda “begunoh insonlarga yetgan har qanday zarar uchun chuqur afsus” izhor qilgan.

Chaqaloqning buvisi “Reuters” agentligiga bergan intervyusida, oila mashinada ketayotgan paytda yo‘lda Isroil harbiy texnikasi va askarlarini ko‘rib to‘xtaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab ogohlantiruvchi o‘qlar deb o‘ylangan, biroq keyin haqiqiy o‘q uzilgan.

Uning aytishicha, o‘q chaqaloqning yuziga tekkan va boshiga zarar yetkazgan, shuningdek, onasining yuziga ham o‘q tekkan. Otasining barmog‘i ham jarohatlangan, onasi esa shifoxonada davolanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yil 7-oktyabrdan boshlangan G‘azo urushigacha G‘arbiy Sohilda 1000 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Shundan beri G‘azoda Isroil hujumlari oqibatida 70 600 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektorida harbiy ishtirokini kuchaytirishda davom etayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing