Isroil armiyasining G‘azodagi yo‘qotishlari e’lon qilindi

Olam

image

Isroil tomonidan G‘azoda qurbon bo‘lganlar 102 nafarga yetdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, tegishli yo‘qotishlar asosan G‘azo sektorining janubiy qismida qayd etilgan. Shunday qilib, quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan beri Isroil mudofaa kuchlarining 102 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 550 dan ortiq harbiy xizmatchi yaralangan.

Ma’lumot uchun, 7-oktyabr kuni Isroil va HAMAS harakati o‘rtasida jang boshlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT 24 soat ichida G‘azoda 310 falastinlik halok bo‘lgani haqida bayonot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Isroil mudofaa kuchlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing