Isroil armiyasi Suriya harbiylariga hujum qildi

Olam

image

Isroil mudofaa armiyasi Suriya qo‘shinlari va maxsus “Al-Quds” kuchlariga zarba berdi. Bu haqda SAXAL (Isroil Qurolli kuchlari) ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Havo zarbasi taxminlarga ko‘ra, Jo‘lon tepaligidan amalga oshirilgan. Hujum natijasida uch nafar harbiy vafot etgan va bir nafari jarohatlangan. Bir nechta raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan.

SAXAL bayonotiga ko‘ra, hujum Isroil va Suriyani ajratib turuvchi “Alfa” chizig‘iga bir qancha qo‘lbola portlovchi moslamalar o‘rnatilgani uchun amalga oshirilgan.

Ma’lumot uchun, Isroil armiyasi Suriya ob’ektlariga muntazam hujum qilib turadi. U o‘zining harakatini dushman tomoni zamonaviy qurollarni qo‘lga kiritmasligi kerakligi bilan izohlaydi.

Qayd etish kerakki, Suriya va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqa yo‘q. Bu davlatlar tashkil topganidan beri urush holatida bo‘lib keladi. Ikki davlat o‘rtasida Jo‘lon tepaligi sababli ko‘p yillik hududiy mojaro mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil-Suriya

Baholaganlar

303

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing