Isroil armiyasi G‘arbiy Sohildagi “Ibn Sino” shifoxonasini qurshab oldi
Olam
−
17 noyabr 2023
7053Isroil Mudofaa kuchlari Jenin shahridagi “Ibn Sino” shifoxonasini qurshab oldi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.
Isroillik ishg‘ol kuchlari Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Jenin shahridagi qochqinlar lageri yaqinida joylashgan “Ibn Sino” shifoxonasini o‘rab olgan va xodimlar va bemorlarning binoni tark etishini talab qilgan.
Aytilishicha, shifokorlar harbiylarning talabini bajarishdan bosh tortmoqda.
Livanning “Al Mayadeen” telekanalining xabar qilishicha, SAXAL askarlari “Ibn Sino” shifoxonasining tez yordam bo‘limiga bostirib kirib, tibbiyot xodimlarini so‘roq qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq G‘arbiy Sohildagi Jenin shahrida Falastin kuchlari va Isroil mudofaa kuchlari o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar bo‘lgandi. BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) esa 7 oktyabrdan beri G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilarning Falastin aholisiga hujumlari soni ikki baravarga ortganini ma’lum qilgandi.