Isroil armiyasi HAMASga qarshi yuz kunlik urush hisobotini e’lon qildi
Olam
−
15 yanvar
64642023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi to‘qqiz mingdan ortiq jangchilarni, jumladan, ikkita HAMAS brigadasi qo‘mondoni va 19 ta batalon yetakchilarini yo‘q qildi va G‘azo sektoridagi 30 mingga yaqin nishonga hujum qildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati tomonidan urushning dastlabki 100 kuni yakunlari bo‘yicha hisobotida aytildi.
Qayd etilishicha, harbiy amaliyotlar boshlanganidan beri G‘azodan Isroilga to‘qqiz mingga yaqin raketa va snaryadlar otilgan. 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi ushbu zonadagi HAMASning 3400 ta harbiy ob’ektiga hujum qilgan. Harbiy razvedka G‘azo sektorida terrorizmda gumon qilingan 2300 ga yaqin falastinlikni so‘roq qilib, ulardan ba’zilarini hibsga olgan.
Harbiylar, shuningdek, G‘azo sektoriga gumanitar yordam olib ketayotgan 7653 yuk mashinasi Isroil nazoratidan o‘tgani, 138 ming tonnaga yaqin yuk esa Falastin anklaviga yetkazilganini ma’lum qildi.
Mojaro boshlanganidan beri Livandagi "Hizbulloh" harakatining 170 ga yaqin pozitsiyasiga hujum qilinib, 170 dan ortiq jangchi o‘ldirilgan. Bu davrda Livandan Isroilga ikki mingga yaqin, Suriyadan yana 30 ga yaqin raketa uchirilgan.
Qayd etilishicha, 7 oktyabrdan buyon Iordan daryosining g‘arbiy sohilida qidiruvdagi 2600 dan ortiq falastinlik, jumladan, 1300 dan ortiq HAMAS tarafdori qo‘lga olingan. Hisobotda G‘arbiy Sohilda 100 kun ichida kamida 40 ta keng ko‘lamli reydlar uyushtirilgani, jumladan xavfli hisoblangan 14 nafar falastinlikning uy-joylari vayron qilingani aytib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni G‘azoda vafot etganlar 23 mingdan oshgani haqida xabar bergan edik.