Isroil Al-Aqso imomining masjidga kirishini taqiqladi
Olam
−
09 avgust
5214Isroil Quddusdagi Al-Aqso masjidining 85 yoshli imomi Shayx Ikrima Sabriyga masjidga kirishni taqiqladi. Bu haqda “Middle East Monitor” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 85 yoshli Sabriy joriy yilning 31 iyul kuni Tehronda Eronning yangi Prezidentining qasamyod marosimida qatnashganidan so‘ng o‘ldirilgan Honiyaga motam e’lon qilgan. Shundan so‘ng imom 2 avgust kuni “terrorizmga undaganlik”da gumonlanib, Isroil kuchlari tomonidan qisqa muddatga hibsga olingan.
“Sabriyning qarindoshlaridan birining aytishicha, Isroil politsiyasi bosib olingan Sharqiy Quddusdagi imomning uyiga bostirib kirgan va uni qo‘lga olgan”, deyiladi xabarda.
Imomning advokati Xolid Zabarka uni hibsdan ozod qilgan, ammo Isroil hukumati Shayx Ikrimaga jazo sifatida Al-Aqso masjidiga kirishini 6 oyga taqiqlagan.
Ma’lumot uchun, Ikrima Said Sabriy 1994 yil oktyabrdan 2006 yil iyulgacha Quddus va Falastin bosh muftiysi lavozimida faoliyat yuritgan. U Yosir Arafat tomonidan tayinlangan. Shuningdek, Misrdagi Al-Azhar universitetida doktorlik darajasini olgan.