Isroil Abbosni G‘azoga borishiga ruxsat bermadi

Olam

image

Kecha, 22 avgust kuni Isroil hukumati Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbosning G‘azo sektoriga tashrif buyurishiga ruxsat bermay, anklav Isroil tomonidan bosib olinganini bildirdi. Bu haqda Falastin Prezidentining xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi, maxsus vakili va tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy ma’lum qildi.

“Biz ruxsat so‘ramadik. Prezidentning G‘azoga borishini ma’lum qildik. Shundan so‘ng Isroilning javobi keldi. Ular Prezident Mahmud Abbosning G‘azoga kirishiga ruxsat bermasliklarini bildirishdi. Bu faqat G‘azo Isroil harbiy ishg‘oli ostida ekanligini anglatadi”, degan al-Malikiy.

Shuningdek, u Abbos Isroil rasmiylarining ham xuddi shunday munosabat bildirishini oldindan bilganini qayd etdi. Aynan shuning uchun u G‘azoga kirish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashidan yordam so‘ragan.

Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansur xalqaro tashkilotning Xavfsizlik Kengashi a’zolarini Falastin Prezidenti Mahmud Abbosga qo‘shilishga va anklavdagi fojia ko‘lamini shaxsan baholash uchun G‘azo sektoriga borishga chaqirdi. Bundan tashqari, falastinlik diplomat Xavfsizlik Kengashini “Prezident Abbosning G‘azo sektoriga yetib borish imkoniyatini ta’minlashga”, shuningdek, Falastin xalqiga qarshi “genotsid va jinoyatlarni to‘xtatishga harakat qilishga” chaqirdi.

Ma’lumot uchun, Falastin milliy ma’muriyati rahbari 15 avgust kuni Turkiya parlamentining navbatdan tashqari yig‘ilishida so‘zga chiqib, G‘azoga borish niyatini ma’lum qildi. Abbos 2007 yilda HAMAS harakati tarafdorlari hokimiyatni egallab olganidan beri bu anklavga bormagan, garchi u vaqti-vaqti bilan, masalan, 2011 yilda anklavga borishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin milliy ma’muriyati Isroil hukumatiga Falastin rahbari Mahmud Abbosning yaqin orada G‘azo sektoriga tashrif buyurishi so‘rovini yuborgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil Mahmud Abbos Riyod al-Malikiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made