Isroil 10 oyda 10 mingdan ortiq falastinlik talabani o‘ldirdi
Olam
−
07 avgust
37262023 yilning oktyabr oyida G‘azo sektorida qirg‘inbarot urush boshlanganidan beri 10 mingdan ortiq talaba Isroil tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda Falastin Ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, taxminan 10 043 talaba halok bo‘lgan, 16 423 nafari jarohatlangan. Birgina G‘azo sektorida 9936 dan ortiq talaba hayotdan ko‘z yumgan, 15897 nafari jarohatlangan. G‘arbiy Sohilda 107 nafar talaba halok bo‘lib, 526 nafari yaralangan.
Qirg‘inbarot urush o‘qituvchilarning ham hayotiga nuqta qo‘ygan. Ikkala hududda 504 nafar o‘qituvchi halok bo‘lgan va 3426 maorif vakillari jarohat olgan. Bundan tashqari, G‘arbiy Sohilda 117 dan ortiq o‘qituvchi hibsga olingan.
G‘azo sektoridagi 119 ta davlat maktabi jiddiy zarar ko‘rgan, 62 tasi esa butunlay vayron bo‘lgan. Bundan tashqari, 191 ta maktab, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish agentligi tomonidan boshqariladigan ta’lim muassasalari bombardimon qilingan.
20 ga yaqin universitet jiddiy zarar ko‘rib, 31 dan ortiq bino butunlay vayron bo‘lgan va 57 tasi qisman yaroqsiz holga kelgan.
Vazirlik, shuningdek, G‘azo sektoridagi 620 mingdan ortiq o‘quvchi maktabga bora olmagani, shulardan 39 ming nafari o‘rta maktab o‘quvchilari ekanini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi boshlarida Isroilning G‘azodagi maktabga hujumi oqibatida 29 kishi qurbon bo‘lgan edi.