Isroil huciylarga qarshi “Qora bayroq” operatsiyasini boshladi

Olam

image

Isroil “Qora bayroq” operatsiyasini boshladi, uning davomida havo kuchlari Yamanning uchta portiga, shuningdek, huciylar 2023 yilda qo‘lga kiritgan “Galaxy Leader” yuk kemasiga hujum qildi. Bu haqda Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats ma’lum qildi.

U hozirgi vaziyatni Isroilning yaqinda Eronga bergan zarbalariga qiyosladi. Uning aytishicha, Hudeyda, Ras Iso va As-Salif portlari husiylar nazorati ostida. Ras Kanatibadagi elektr stansiyasiga ham hujum qilingan.

“Yaman taqdiri Tehron taqdiri bilan bir xil”, deb yozgan Kats X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Isroilga qarshi qo‘l ko‘targan har qanday odamning qo‘li kesiladi”. Vazirning ta’kidlashicha, “xusiylar o‘z qilmishlari uchun katta to‘lov to‘lashda davom etadi”.

Yaman husiylari oxirgi marta 6 iyunga o‘tar kechasi Isroil hududiga ballistik raketalar otgan. SAHAL raketani tutib olganini ma’lum qilgan. Kats esa bunday harakatlar javobsiz qolmasligi haqida ogohlantirgan.

Ma’lumot uchun, husiylar G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlarga javoban Isroilga muntazam zarba beradi. Hujumlar 2023 yil 7 oktyabrda boshlanganidan beri G‘azoda 193 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan yoki yaralangan. 11 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qolgan, yuz minglab odamlar uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Blokada va uning oqibatida yuzaga kelgan ocharchilik o‘nlab odamlar, jumladan, bolalar halok bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq husiylar Tel-Avivdagi Ben-Gurion xalqaro aeroportiga gipertovushli ballistik raketa bilan muvaffaqiyatli zarba bergani haqida xabar bergandi. Isroil armiyasi esa havo hujumidan mudofaa tizimlari ertalab Yamandan otilgan raketani tutib olgani haqida xabar bergan edi. Biroq mamlakatning bir qancha hududlarida havo hujumi sirenalari yangradi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Yaman husiylar Qora bayroq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing