Isroil “Hizbulloh”ning yerosti inshootiga zarba berdi

Olam

image

Bugun, 27 iyun kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi “Hizbulloh” harakati tomonidan foydalanilgan yerosti ob’ektiga aviazarbalar uyushtirdi. Bu haqda Isroil armiyasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Isroil qiruvchilari Bo‘fort tizmasi hududida joylashgan va “Hizbulloh” tomonidan o‘t ochish va mudofaa boshqaruvi uchun ishlatilgan inshootga zarba bergan.

“Bu ob’ekt “Hizbulloh”ning muhim yerosti loyihasining bir qismi bo‘lib, Isroil armiyasi tomonidan amalga oshirilgan hujumlardan so‘ng butunlay ishdan chiqarildi. Armiya avvaldan bu ob’ektni tiklash bo‘yicha “Hizbulloh” tomonidan ko‘rilgan urinishlarni aniqlab, u yerda terrorchilik infratuzilmasiga tegishli nishonlarga zarba berdi”, deyiladi bayonotda.

Isroil armiyasi ushbu ob’ekt mavjudligi va uni tiklash urinishlarini Isroil va Livan o‘rtasidagi kelishuvlarning ochiq-oydin buzilishi deb baholagan.

“Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning bu ob’ektda harakat qilishiga yo‘l qo‘ymaydi va Isroil davlatiga har qanday tahdidni bartaraf etish uchun harakatlarini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, jaoriy yilning aprel oyida Isroil havo kuchlari “Hizbulloh” tomonidan aniq raketalarni saqlash uchun foydalanilgan binoga zarba bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing