Isroil “Hizbulloh”ga qarshi zarba berishni boshladi
Olam
−
02 mart 4939 1 daqiqa
Isroil Mudofaa armiyasi Livandagi “Hizbulloh” nishonlariga zarbalar boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Isroil Mudofaa armiyasi matbuot xizmati o‘zining sahifasida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bundan oldin “Hizbulloh” Isroilga hujum qilgan. Livan tomonidan uchirilgan bir raketa harbiylar tomonidan tutib qolingan, yana bir nechtasi ochiq hududlarga tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar ham, vayrongarchiliklar ham yo‘q.
Bayonotda ta’kidlanishicha, “Hizbulloh” guruhi Eron rejimi nomidan harakat qilib, Isroil davlati va uning fuqarolik aholisiga qarshi o‘t ochmoqda.
“The Times of Israel” nashrining yozishicha, “Hizbulloh” 2025 yilning yozida Isroil va Eron o‘rtasida 12 kun davom etgan urush paytida Isroilga hujum qilmagan.
Nashrning ta’kidlashicha, bu guruh 2024 yilning noyabrida AQSH vositachiligida Isroil va Livan o‘rtasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan beri ilk bor Isroilni o‘qqa tutgan holat hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livandagi “Hizbulloh” harakati Isroilning Hayfa shahri atrofiga keng ko‘lamli zarbalar yo‘llagandi va qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.
Live
Barchasi