Isroil HAMASning sulh taklifiga rozi bo‘lmadi

Olam

image

Isroil HAMASning G‘azo sektorida janglarni to‘xtatish evaziga garovga olinganlarni qaytarish haqidagi taklifiga rozi bo‘lmadi. Bu haqda Bosh vazir Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

"HAMAS garovga olinganlarni ozod qilish evaziga urushni to‘xtatishni, G‘azo sektoridan qo‘shinlarimizni olib chiqishni, qotillar va zo‘ravonlarni “Nuxba” guruhi maxsus kuchlaridan ozod qilishni va HAMASni joyida qoldirishni talab qilmoqda. Men Isroil xavfsizligi uchun bunday halokatli zarbani qabul qilishga tayyor emasman", deydi Isroil Bosh vaziri. 

Netanyaxuning qayd etishicha, HAMASning shartlarini qabul qilish isroillik harbiylar orasidagi qurbonlar qiymatini pasaytiradi. Shu bilan birga, Bosh vazir garovga olinganlarni ozod qilish urush maqsadlaridan biri ekanini va bunga erishish uchun u "tun-u kun" ishlayotganini ta’kidladi.

Oldinroq Netanyaxu urushni tugatish sharti – HAMASni yo‘q qilish, G‘azo sektorining Misr bilan chegarasini nazoratga olish, mintaqani demilitarizatsiya qilish va Falastin jamiyatini "deradikalizatsiya qilish" ekanligini aytgan. Bosh vazirning taxminlariga ko‘ra, HAMAS bilan urush 2025 yilgacha davom etadi.

NBC News telekanali ham nomi oshkor etilmagan diplomatga tayanib, HAMAS tomonidan garovda ushlab turilganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolganini xabar qilgan. 

Ta’kidlanishicha, tomonlar garovga olinganlarni falastinlik mahbuslar bilan almashishning "ba’zi mexanizmlari" bo‘yicha kelishib olgan, biroq Isroilning pozitsiyasi kelishuvga erishishga imkon bermagan.

Shartnomada mahbuslarni bosqichma-bosqich ozod qilish bilan bir oydan ortiq vaqt davomida jangovar harakatlarni to‘xtatish ko‘zda tutilgan.

"Tafsilotlarning aksariyati kelishib olindi. To‘siq – isroilliklar doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishni istamayapti", deydi diplomat.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil va HAMAS G‘azo sektoridagi isroillik garovga olinganlarga zarur dori-darmonlarni yetkazishga kelishib olgandi. Bu kelishuvga Qatar va Fransiya ishtirokida erishildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing