Isroil HAMASga qarshi urush qanchaga tushishini hisobladi

Olam

image

Isroil Moliya vazirligi HAMASga qarshi urush bir yil davom etsa, Netanyaxu boshchiligidagi davlat qancha sarflashini hisoblab chiqdi. Bu haqda "Calcalist" xabar berdi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, garchand frontda kutilmagan holatlar bo‘lsa-da, ushbu urush uchun Isroilning "cho‘ntagidan" 200 milliard shekel (51 milliard dollar) – YAIMning taxminan 10 foizi miqdoridagi mablag‘ sarflanishi taxmin qilinyapti.

Bunda urushning 8 oydan bir yilgacha davom etishi, ya’ni 2024 yilning oxiriga kelib yakuniga yetishi prognoz qilingan. Shunga qaramay, ziddiyatlarga Yaman va Eronning aralashishi ko‘zda tutilmagan. Bundan tashqari, jangovar harakatlarda 350 ming zaxiradagi askarning qatnashishi va ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib ishlatiladigan mablag‘ qiymati ham chamalangan.

Ma’lumot o‘rnida, Isroil koronavirus pandemiyasining oqibatlari bilan kurashish uchun byudjetidan 160 milliard shekel (40,8 milliard dollar) xarjlagan edi. 

Moliya vazirligi jangovar harakatlardan so‘ng mamlakatning oyoqqa turishi sekin kechishini va urush tugashi bilan iqtisodiyot urushdan oldingi tendensiyalarga qaytmasligini ta’kidlagan. Isroil bundan keyin ham xavfsizlik sektoriga eng ko‘p mablag‘ sarflashi kerakligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing