Isroil HAMAS yetakchisini o‘ldirgan bo‘lishi mumkinligini e’lon qildi 

Olam

image

Isroil harbiylari HAMAS siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvar yaqinda G‘azo sektoriga uyushtirilgan zarbada o‘ldirilgani ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda SAXAL matbuot xizmati xabar berdi.

SAXAL bayonotida aytilishicha, G‘azo sektoriga berilgan zarbada 3 nafar HAMAS a’zosi yo‘q qilingan. SAXAL va Shin Bet (Isroil razvedka agentligi) o‘ldirilganlardan biri Yahyo Sinvar bo‘lishi ehtimolini tekshirmoqda.

“Ularning shaxsini tasdiqlashning hozircha imkoni yo‘q”, dedi Isroil harbiylari.

Isroilning yuqori martabali mulozimlarining “Ynet”ga aytishicha, aynan Sinvar o‘ldirilgani ehtimoli "juda yuqori" va voqea joyida buning "belgilari" bor.

“Kan” radiostansiyasi manbalari ham Sinvarning o‘ldirilishi ehtimoli yuqoriligi haqida gapirdi. Shuningdek, ular Isroilda Sinvarning DNKsi borligini, chunki u Isroil qamoqxonasida bo‘lgani uchun uning shaxsini aniqlash muammo bo‘lmasligini ta’kidladi.

“The New York Times” gazetasining to‘rt nafar Isroil rasmiysiga tayanib yozishicha, G‘azo sektorida halok bo‘lgan erkakning jasadi Isroildagi laboratoriyaga yetkazilmoqda.

Arab manbalari zarba joyidan topilgan jasadning fotosuratlarini tarqatdi. 

Shu bilan birga, 3 kishi o‘ldirilgan binoda isroillik garovga olinganlarning izlari topilmadi.

Yahyo Sinvar 7 oktyabr kuni Isroilga hujum uyushtirganlardan biri sanaladi. U 31 iyul kuni Tehronda o‘ldirilgan avvalgi yetakchi Ismoil Xoniyaning o‘limidan so‘ng HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari etib saylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS TsAXAL Yahyo Sinvar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing